TshIUda talabalar uchun mehmon ma’ruza bo‘lib o‘tdi

 

7-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Uzauto motors powertrain xalqaro kompaniyasining ichki va tashqi aloqalar va PR bo‘limi boshlig‘i Firuza Xasanovaning talabalar uchun ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.

Ma’ruzachi “Hayot uchun muloqot qobiliyatlari va muvaffaqiyatli martaba” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzada Firuza Xasanova o‘zining kasbiy tajribasi va kommunikatsiyaning hayot va martaba yo’lidagi ahamiyati haqidagi bilimlari bilan o‘rtoqlashdi. U talabalarga to’g’ri muloqot qilish, odamlar bilan aloqa o’rnatish va o’zaro tushunishga erishish haqida so’zlab berdi. Ma’ruzachi muloqot ko‘nikmalari nafaqat ish, balki shaxsiy hayot uchun ham zarur ekanligini ta’kidlab, samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga o‘rgatdi.