TShIUda uch kunlik «Admission fair» yarmarkasi boshladi

2022-yil 4-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida uch kunlik «Admission fair» boshlandi. Ushbu yarmarkaga Janubiy Koreyadagi INHA universiteti, KOREYA Aerokosmik universiteti va INHA TEXNIKA KOLLEJI vakillari tashrif buyurishdi.

Yarmarka davomida har bir ishtirokchi o‘zini qiziqtirgan barcha savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Yarmarkaga tashrif buyuruvchilar universitetlar taqdim etayotgan barcha imkoniyatlar, shuningdek, stipendiyalar uchun qanday hujjat topshirish, universitetlarning barcha yo’nalishlari, jumladan, o’qish to’lovlari va o’quv binolari joylashuvlari va qulayliklari haqida barcha kerakli ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

Bu universitetlar va abituriyentlar o’rtasida bevosita yuzma-yuz muloqotni ta’minlovchi ajoyib imkoniyatdir.

❗️Eslatib o’tamiz, yarmarka 6-noyabrga qadar davom etadi.

Kimlar tashrif buyurishi mumkin?
– O’quvchilar
– Ota-onalar
– Maktab xodimlari

⏰ Vaqti: 13:00 dan 17:00 gacha
📍Joyi: Toshkent shahridagi Inha universiteti, A binosi, 1-qavat.