TShIUda “Udevs Conf #2022” bo’lib o’tdi

2022-yil 14-oktabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Udevs Conf #2022”konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – so‘nggi IT-mahsulotlarni biznesda qo‘llash natijalari bilan tanishish, yangi IT ishlanmalarini ilgari surish bo‘yicha bilim va ilg‘or tajriba almashishdan iborat.

Eslatib o’tamiz, OOO Udevs Markaziy Osiyoda maxsus dasturiy ta’minotni ishlab chiquvchilardan biri hisoblanadi. Kompaniya 2019 yilda tashkil etilgan. Hozirgi vaqtda tashkilot yangi mutaxassislar uchun bepul ta’lim olish va muvaffaqiyatli martabaga erishish imkoniyatlarini taqdim etadi.