TShIUda «Ustoz va Murabbiylar kuni»ga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi

2023-yil 3-oktabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti faol talabalari “Ustoz va Murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘z ustozlari uchun bayram tadbiri uyushtirdilar.
Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov tabrik so‘zi bilan chiqdi. U barcha o‘qituvchilarni kasb bayramlari bilan tabrikladi, shuningdek, mana 9 yildan buyon Toshkent shahridagi Inha universiteti mamlakatimizning asosiy IT universitetlaridan biri sifatida jadal rivojlanib borayotganini ta’kidladi!
Talabalar tomonidan bir qancha ijodiy chiqishlar, raqslar, chiqishlar va  tabriklar kabi bir qancha ijodiy chiqishlar tayyorladilar.
Tadbirning yorqin qismlaridan biri «IUT Music Club» chiqishlari boʻlib, unda musiqa klubi aʼzolari oʻzlarining professional ijrolari bilan tomoshabinlarni xushnud etdilar.