TShIUda “Women Techmakers: IT sohasida yangi o’rganuvchilar uchun” tadbiri boʻlib oʻtdi

2022-yil 16-iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida texnologiya sohasida ayollar uchun global dasturning – Women Techmakers (Google brendi) navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mavzusi karyera yoʻl xaritalari (Career roadmaps in IT meetup 2022) muhokamasi boʻldi.
Ma’ruzalar davomida ma’ruzachilar, jumladan, TShIU talabasi Yasmina Ablayeva, tinglovchilarga frontend, backend, loyihalarni boshqarish, UI/UX dizayni kabi yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘l xaritalari bo‘yicha taqdimotlarini taqdim etdilar.