TShIUda xalqaro elektraloqa ittifoqi treningi bo’lib o’tmoqda.

“Keyingi avlod mobil aloqa tarmoqlarini ishga tushirish (5G/IMT-2020)”
19-oktabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Xalqaro elektraloqa ittifoqi hamda O’zbeliston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorligida “Keyingi avlod mobil tarmoqlarini ishga tushirish (5G/IMT-2020)” uch kunlik trening boshlandi.
Uch kunlik trening davomida radioaloqa, AKT va radi ochastota spektrini tartibga solish, yangi avlod tarmoq texnologiyalarini standartlashtirish va joriy etish bo‘yicha yetakchi xalqaro ekspertlar 5G tarmoqlarini joriy etish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar. Treningning so‘nggi kunida 5G ni joriy etishning turli jihatlari bo‘yicha ochiq muhokama tashkil etiladi.
Trening 2022-yil 19-21-oktabr kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetida bo‘lib o‘tadi.
Trening O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, XEI va Koreya Respublikasi Hukumati (MSIT) o‘rtasidagi hamkorlik doirasida o‘tkazilmoqda.