TshIUda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankining seminari bo’lib o’tadi

4-mart kuni soat 15.00 da Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekistonning raqamli texnologiyalarga tayyorligi va iqtisodiy ko‘rsatkichlari mavzusida ekspertlar muhokamasi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir YeTTBning 2021-2022-yillarga o‘tish davri hisoboti –  Tizimni yangilash: raqamli dividendga erishish” mavzusidagi taqdimoti bilan boshlanadi.
Ushbu tadbirda sizda YeTTBning yetakchi iqtisodchilari, yirik banklar, xorijiy va mahalliy IT-kompaniyalar vakillari, O‘zbekiston IT-parki, O‘zbekiston Respublikasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi va O’zbekistonni raqamlashtirish strategiyasini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan boshqa idoralar rahbarlari bilan uchrashish imkoniyati bo’ladi.
Ushbu havola orqali ro’yxatdan o’ting: //docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfnQAorC4AbycspwU4yyhZ1_uAJ3eHLnURennkN8oLGJAQGOw/viewform?usp=sf_link