TshIUga «Estonian Entrepreneurship University of Applied Sciences » universiteti vakillari tashrif buyurishdi

27 mart kuni Toshkent shahridagi Inha universitetiga Estoniya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Thomas Tirs boshchiligidagi «Estonian Entrepreneurship University of Applied Sciences (EUAS)» universiteti vakillari tashrif buyurishdi. TshIU  ilmiy ishlar va tashqi aloqalar bo‘yicha prorektori, doktor Soobong Shin mehmonlarni Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirdi.
Uchrashuvda tomonlar raqamli transformatsiya sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni muhokama qildilar.
«Estonian Entrepreneurship University of Applied Sciences (EUAS)» universiteti 1992-yilda tashkil etilgan xususiy xalqaro universitetdir. Shuningdek, Estoniyada uchta tilda oliy ma’lumot olish imkoniyatini taqdim etuvchi yagona oliy o’quv yurti hisoblanadi.