TShIUga “Incheon Metropolitan city office of Education” vakillari tashrif buyurishdi

13-mart kuni Toshkent shahridagi Inha universitetiga sun’iy intellekt sohasida konvergent ta’lim bo‘yicha guruh rahbari Han So Young boshchiligidagi “Incheon Metropolitan City of Education”vakillari tashrif buyurishdi.
Uchrashuv doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov va o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Soobong Shin mehmonlar uchun taqdimot o’tkazdilar. Tomonlar ta’lim masalalari, memorandum imzolash rejalarini, shuningdek, talabalar uchun yozgi oromgohni ishga tushirish kabi mavzularni muhokama qildilar.