TShIUga INHA universiteti fondi prezidenti boshchiligidagi Koreyaning “Hanjin Group” kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi

2023-yil 6-fevral kuni “Hanjin Information Systems & Telecommunication Co. Ltd” kompaniyasi (Koreya Respublikasi) INHA fondi prezidenti boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi.
TShIU rektori Muzaffar Djalalov mehmonlarni talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi.
Koreya delegatsiyasining tashrifidan maqsad O‘zbekiston Respublikasining IT-bozori va infratuzilmasini o‘rganish, respublika IT-kompaniyalari uchun qo‘shma BPO loyihalarini amalga oshirish va universitetlar o‘rtasida startap loyihalarni birgalikda amalga oshirishdan iborat. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilindi.
“Hanjin Information Systems & Telecommunication Co. Ltd” – bu turli sohalarda yaxshi IT imkoniyatlariga asoslangan IT-autsorsing xizmatlarini taqdim etuvchi kompaniya. Kompaniyada 10 dan ortiq yirik hamkor tashkilotlar mavjud.