TShIUga Texnologik suverenitet eksport uyushmasi vakillari tashrif buyurdi

2022-yilning 28-oktabr kuni “Brain Systems” MChJ bosh direktori Andrey Yakovlev va “CentreInform” AK bosh direktori Vladimir Bogdanov Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurishdi.
Uchrashuv doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti yoshlar siyosati bo‘yicha birinchi prorektori Turdimurat Tursunmuratov mehmonlarga TShIU professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida so‘zlab berdi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
 “Brain Systems” kompanisi sanoatni axborotlashtirish sohasida faoliyat yuritib va 10 yildan ortiq axborot texnologiyalarida amaliy ilmiy natijalarni qo‘llab kelmoqda.
“CentreInform” AK axborotlashtirish va axborot xavfsizligi sohasida tizim integratori hisoblanib, 21dan ortiq tarmog’lari mavjud.