Uch nafar TShIU talabalari Koreya stipendiyasini yutib olishdi va talabalar almashinuv dasturida ishtirok etish inkoniyatini qo’lga kiritishdi

 

INHA talabalar almashinuv dasturi xalqaro talabalar uchun ajoyib imkoniyat bo’lib, dastur davomida talabalar koreys madaniyati bilan tanishish, koreys tilini o‘rganish va yangi do‘stlar orttirishlari uchun ajoyib imkoniyatdir.

Ushbu dastur ikkinchi marta o’tkazilmoqda, birinchi bor 2019 yilda pandemiyadan oldin tashkil etilgan edi. Grantlar yutib olgan talabalar INHA universitetida (Janubiy Koreya) 1 va 2 semestr davomida tahsil olishadi.

Kompyuter va dasturiy injiniring fakulteti talabalari Malika Rustamova, Diyora Ro’zimatova va Komiljon Yo’ldoshevlar nufuzli Global Koreya stipendiyasini qo’lga kiritdilar va INHA universitetiga (Janubiy Koreya) talaba almashinuv dasturida mutlaqo bepul ta’lim olib qaytadilar.