УИТ организовал бесплатные трехмесячные курсы для учителей школ

TshIU maktab o’qituvchilari uchun uch oylik bepul kurslar tashkil etdi
Joriy yilning 8-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan Yunusobod tumanidagi 220-sonli hamda Uchtepa tumanidagi 193-sonli maktab o‘qituvchilari uchun “Ta’lim tizimini raqamlashtirish” mavzusida uch oylik malaka oshirish kurslari boshlandi.
Kurs kompyuter fanlari, matematika va fizika bo’yicha trening darslarini o’z ichiga oladi. Kurs davomida quyidagi mavzular o’rganiladi:
– Fizika darsida virtual laboratoriya ishi
– Matematika darslarida kompyuter dasturlaridan foydalanish;
– Fizika darsida mobil ilovalar
– Raqamli iqtisodiyot
Shuningdek, ingliz tili o’qituvchilari o’z malakalarini alohida oshiradilar.
Kurs yakunida o‘qituvchilar zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘qitish ko‘nikma va uslublarini yanada rivojlantirishga erishadilar va sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.