TShIUga Toshkent Tibbiyot Akademiyasi va INHA universiteti kasalxonasi vakillari tashrif buyurishdi

2022-yil 30-iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Toshkent Tibbiyot Akademiyasi vakillari hamda INHA universiteti kasalxonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar Toshkent Tibbiyot Akademiyasi talabalari uchun IT va tibbiyot sohasidagi Qo‘shma dasturlarni muhokama qilishdi hamda qo’shma dastur uchun o’quv rejalarini yaratishga kelishib olishdi.