Universitetda Janubiy Koreyaning yirik kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2022-yilning 5-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Global Optical Communication (GOC Co., Ltd) rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

(GOC Co., Ltd) bosh direktori Pak In Chul va Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzafar Djalolov hamkorlik rejalari, talabalar uchun laboratoriyalarni takomillashtirish, talabalar uchun biznes jarayonlarini autsorsing (BPO) loyihalarini ishlab chiqish va hokazolarni muhokama qildilar.