Universitetda “Yangi O‘zbekiston kelajagi va axborot texnologiyalarini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida O‘zbekiston-Koreya xalqaro IT forumi bo‘lib o‘tdi

2022-yilning 27-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Yangi O‘zbekiston kelajagi va axborot texnologiyalarini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi O‘zbekiston-Koreya xalqaro IT-forumi bo‘lib o‘tdi.

Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Kim Xi-Sang, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov, Respublika Elektronika va telekommunikatsiyalar ilmiy-tadqiqot instituti vitse-prezidenti Koreyaning “ETRI” tashkiloti Pak Jong Xyon va Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalolov tabrik so’zi bilan so’zga chiqdilar.

Forum davomida “Korea BPO CENTER” markazining ochilishi ham bo‘lib o‘tdi. BPO markazida boshlanishiga 5ta kompaniya  (ETRI, Goc, Geo2, Joyglobal, Megazone) jalb etilgan bo’lib, umumiy qamrov 15-20tagacha talabalarni ish bilan ta’minlashdir. Keyinchalik ushbu kompaniyalar kengayish maqsadini ilgari surmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Koreya Respublikasining “ETRI” Elektron va telekommunikatsiyalar ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Forum dasturida IT Park (O‘zbekiston), ETRI (Koreya), Geotwo Global Co Ltd (Koreya), Joys Global Inc kabi tashkilotlar va Megazon Cloud (Koreya), Global Optical Communication Co., Ltd. (Koreya) ishtirokchilarining chiqishlari ham o‘rin olgan.

Tadbir mamlakatimizda Koreya IT-tashkilotlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan islohotlar va hamkorlik istiqbollari, O‘zbekiston Respublikasida IT-bozorida hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish, ularga yoshlarni keng jalb etish masalalariga bag‘ishlandi.