Universitetlarning ilmiy va innovatsion faoliyati bo‘yicha II xalqaro forum

19-oktabr kuni InnoWeek-2023 haftaligi doirasida Universitetlarning ilmiy-innovatsion faoliyatining ikkinchi xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.
Forum davomida mahalliy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning 2022-yildagi ilmiy va innovatsion faoliyati yakunlari boʻyicha milliy reytingi oʻtkazildi va taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Shundan so‘ng Germaniya, Italiya, Qozog‘istondagi xalqaro universitetlar, shuningdek, Toshkent shahridagi Inha universitetlarining taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov forum davomida taqdimot qilib va quyidagilarni ta’kidlab o’tdi:
Universitetimiz talabalarning startaplari, g‘oyalari va loyihalarini doimo qo‘llab-quvvatlab kelmoqdamiz. Zero, biz uchun talabalarimizning muvaffaqiyatsizligi bizning muvaffaqiyatsizligimiz, ularning yutuqlari esa bizning yutug‘imizdir!»