University of Münster

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov dunyoning nufuzli universitetlaridan biri bo‘lgan Münster universiteti rektori Professor Johannes Wessels bilan uchrashdi.
1780-yilda asos solingan Münster universiteti, ilgari Westphalian Wilhelm universiteti nomi bilan mashhur bo‘lib, haqli ravishda dunyodagi eng yaxshi 200 ta universitet qatoriga kiradi.
Uchrashuvda tomonlar hamkorlikning ko‘plab istiqbolli yo‘nalishlarini, jumladan, talabalar almashinuvi dasturlarini, axborot texnologiyalari va biznes axborot tizimlari sohasida qo‘shma konferensiyalar tashkil etishni ko‘rib chiqdilar.