“Uzum” kompaniyasi vakillari tomonidan ma’ruza bo’lib o’tadi

26-sentabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Uzum” kompaniyalari boshqaruv direktori Roman Lavrentyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Kompaniyalari boshqaruv direktori Roman Lavrentyev IT olami, xususan, Uzum ekotizimi yosh mutaxassislar uchun qanday istiqbollarni ochayotgani haqida gapirib beradi.
Uchrashuvda Roman Lavrentyev yangi raqamli mahsulotlar qanday yaratilishi, startapingiz uchun g‘oyani qanday topish haqida gapiradi, shuningdek, talabalar savollariga javob berishi uchrashuv tartibidan joy olgan.
Sana: 26.09.2023
Vaqt: 13:00
Manzil: Toshkent shahridagi Inha universiteti, A 717