TShIU talabalari uchun ma’ruza bo’lib o’tdi

2023-yil 22-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Shavkat Karimovning IT sohasidagi faoliyati haqida ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.
Shavkat Karimov – tadbirkor va top-menejer, Rossiya va AQShdagi bir qancha kompaniyalar egasi (Пульс Опрос, Reputation Management Kings, Favorite Words). So’nggi uch yil davomida u Microsoft-da qidiruv tizimini optimallashtirish bo’limi boshlig’i bo’lib faoliyat yuritgan.
Ma’ruza davomida Shavkat Karimov talabalarga o’z tajribasi bilan o’rtoqlashib, qanday qilib ish topish, intervyulardan muvaffaqiyatli o‘tish, shuningdek, IT sohasida muvaffaqiyatli martabaga erishish bo‘yicha maslahatlar bilan o‘rtoqlashdilar.
Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.