Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi va Cerberus asoschisi Aziz Ahmedkhodjaev ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida o‘tkazilgan Startup World Cup 2026 Uzbekistan Regional Final tanlovida 1-o‘rinni egalladi.
Cerberus saralangan 15 ta texnologik startap orasida o‘z mahsuloti, biznes modeli, bozor salohiyati va rivojlanish strategiyasi bilan investorlar hamda xalqaro ekspertlarda katta taassurot qoldirdi.
Mintaqaviy final g‘olibi sifatida Cerberus O‘zbekiston nomidan San-Fransiskodagi Startup World Cup Grand Finale bosqichida ishtirok etadi va dunyoning yetakchi startaplari bilan 1 million dollarlik investitsiya mukofoti uchun kurashadi.
Shuningdek, startap Uzum Global Scale Award maxsus mukofotiga sazovor bo‘lib, Uzum ekotizimi bilan strategik sessiya o‘tkazish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Aziz va Cerberus jamoasini tabriklaymiz! Ularga xalqaro maydonda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
