Women in Tech

2-mart kuni Raqamli texnologiyalar vazirligida O‘zbekiston ayollarining salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan “Women in Tech” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Women in Tech”kompaniyasi asoschisi, dunyoning TOP 100 ta eng ko‘zga ko‘ringan ayollari ro‘yxatiga kiritilgan, shuningdek, ayollar imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha xalqaro ekspert Ayumi Moore Aoki hamda vazirlik va mamlakatning yetakchi texnologiya kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti bunday yirik va muhim tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashdan faxrlanadi.

Tadbir davomida mamlakatimizdagi yetakchi texnologiya kompaniyalari muvaffaqiyatga erishish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Axborot texnologiyalari sohasidagi taniqli mutaxassislar bilan tajriba almashildi, madaniyat arboblari nutqlari tinglandi.