Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi – “InnoWeek.uz-2023”

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan «Kreativ ta’lim va innovatsiyalar – Yangi O’zbekiston taraqqiyotining asosi» shiori ostida “InnoWeek.uz-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi boshlandi.
Sizni Toshkent shahridagi Inha universiteti stendiga tashrif buyurishga taklif qilamiz, u yerda fakultetlar, o‘quv xonalarining ilg‘or jihozlari, innovatsion laboratoriyalar, universitet shart-sharoitlari bilan batafsil tanishish, shuningdek, o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizni javob olishingiz mumkin.
Forum davomida Inha universiteti talabalari oʻzlarining innovatsion loyihalarini taqdim etadilar:
YOOU Share – O’zbekistonda zaryadlovchilarni soatlik ijaraga berish bo’yicha birinchi xizmatlardan birini taqdim etadi. Power bankini shaharda joylashgan istalgan stansiyada ijaraga olishingiz mumkin.
Yordamchi 24 – ilovasi shifokorlarni qo‘ng‘iroqlarga javob berish vaqtini ikki baravar tezlashtirish maqsadida yaratilgan bo’lib, mobil telefoningizga yuklab olishingiz mumkin bo’lgan ilova nafaqat qo’ng’iroq vaqtini tejash, balki tez yordam mashinasining harakatini onlayn kuzatish imkonini ham beradi.
Forumda biznesni rivojlantirish, startaplar va turli sohalarda sun’iy intellektdan foydalanish mavzulari muhokama qilinadi.
InnoWeek.uz – kelajak texnologiyalari, innovatsiyalar va ilg‘or g‘oyalar sohasidagi o‘ziga xos voqea 💡