Xalqaro talabalar kuni

17-noyabr kuni TShIUda “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazining talabalar bilan ucharshuvi bo’lib o’tdi.
Dastur davomida talabalar Yagona identifikatsiya tizimi OneIDda ro’yxatdan o’tish tartibi, My.gov.uz da joriy etilgan xizmatlar bilan tanishtirildi. Shuningdek, Elektron hukumatning idoralararo integratsiya platformasi, ma’lumotlar bazasi bitta xizmat misolida tahlil qilindi. Uchrashuv so’ngida esa, talabalar bilan savol-javoblar o’tkazilib, ularga sovg’alar ulashildi.