Xotira turnirida Toshkent shahridagi Inha universiteti futbol jamoasi g’alaba qozondi.

2022 yil 7-may kuni Toshkent shahridagi Puchon universitetida o’tkazilgan 9-may «Xotira va qadrlash kuni»ga bagʻishlab oʻtkazilgan mini futbol musobaqasida 4 ta oliy ta’lim muassasalari jamoalari ishtirok etgan turnirda universitet jamoasi 1-o’rinni egalladi.
Umumiy hisobda:
Inha-Ajou 0-0
Inha- Puchon 1-0
Inha-Webster 1-0
hisobida o’ynab umumiy 7 ochko to’plashdi va turnir g’olibiga aylanishdi.
G’alaba bilan universitet jamoasini muborakbod etamiz.