Ilk kun davomida Koreya dasturi birinchi kurs talabalari Student Union va Youth Union talabalar assotsiatsiyalari bilan tanishib, universitet hayotida faol ishtirok etish imkoniyatlari va kelgusidagi tadbirlar haqida ma’lumot oldilar.
Kun kampus bo‘ylab sayohat va turli qiziqarli o‘yin hamda mashg‘ulotlar bilan davom etdi. Talabalar PlayStation, kamondan otish, havo labirinti, voleybol va armrestling kabi faoliyatlarda ishtirok etib, universitet bilan yaqindan tanishish, kursdoshlari bilan muloqot qilish va ilk kunlarini maroqli o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Kun do‘stona muhitdagi mazali kechki ovqat bilan yakunlandi.
Ertaga, 4-sentabr kuni Britaniya va Italiya dasturlari birinchi kurs talabalari uchun birinchi Inha universitetida tanishuv kuni bo‘lib o‘tadi!
