«Yangi O’zbekistonni o’zimiz, o’z qo’llarimiz bilan bunyod etamiz!» shiori ostidagi respublika esselar tanlovi ishtirokchilarining universitetga tashrifi amalga oshirildi.

2022 yil 25 may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetiga «Yangi O’zbekistonni o’zimiz, o’z qo’llarimiz bilan bunyod etamiz!” shiori ostidagi respublika esselar tanlovi respublika bosqichi g’oliblari va tegishli vazirliklar vakillari tashrif buyurishdi.

Eslatib o’tamiz mazkur tadbir O’zbkiston Respublikasi Kasaba uyushmalari, Oliy va o’rta ta’lim vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi va Yoshlar agentligi tomonidan tashkil etilgan bo’lib unda mamlakatimizda tahsil olayotgan 250 mingdan ortiq talabalar fakultet, univesitet, viloyat  va respublika bosqichlarida ishtirok etishdi. Ulardan 42 nafari g’olib deb topilgan.

Ishtirokchilarga universitet rektori v.b. M.Djalalov oliy o’quv muassasasida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o’quv jarayonlari, ta’lim yo’nalishlari, magistratura va talaba-yoshlar ishtirokida amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar to’g’risida ma’lumot berdi.

Tadbir doirasida ishtirokchilarning Janubiy Koreyadagi Inha universiteti professori Jangvu Kvon va Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi, bugungi kunda Koreyadagi Inha unversiteti PhD doktoranti  Saidrasul Usmonxo’jaev bilan onlayn muloqot tashkil etildi.

Muloqot davomida IT texnologiyalar, xususan sun’iy intellektdan murakkab xarakterga ega bo’lgan masalalarni hal etishda foydalanishning ilmiy va amaliy asoslari to’g’risida fikr almashildi. Tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Tadbir so’ngida ishtirokchilar uchun universitet bo’ylab sayohat uyushtirildi.