Yaponiyaning “JETRO” tashkiloti vakillari TShIUga tashrif buyurdi

23-mart kuni Yaponiyaning “JETRO” tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti vakillari Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif Yaponiya tashkilotlarini O‘zbekiston Respublikasi IT-bozori imkoniyatlari bilan tanishtirish, shuningdek, malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim muhitini o‘rganish maqsadida tashkil etildi. Uchrashuv davomida, TShIU ilmiy ishlar va tashqi aloqalar bo‘yicha prorektori, doktor Soobong Shin mehmonlarni Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirdi.