Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi!

Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.
Yaxshi kishi ko‘rmag‘ay yomonlig‘ hargiz,
Har kimki yamon bo‘lsa, jazo topqusidur.
                            Z.M.Bobur
➖➖➖
Bugun Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi nishonlanmoqda!
Zahiriddin Muhammad Bobur jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan, buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda sifatida butun dunyoga tanilgan buyuk shaxslardan biridir. Uning bebaho ilmiy-ijodiy merosi nafaqat xalqimiz milliy madaniyati va adabiy-estetik tafakkurini shakllantirishda, balki jahon adabiyoti, fan va davlatchilik tarixida ham alohida o‘rin tutadi.