«ZIYO FORUM»

27-sentabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida talabalar uchun “ZIYO FORUM” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy va faol maqsadlaridan biri talabalarni qo‘llab-quvvatlashdir.
“ZIYO WEEK” tadbiri davomida talabalar “ZIYO FORUM” jamg‘armasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, fond loyihalari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, shuningdek, talabalar uchun turli interfaol o‘yinlar va viktorinalar tashkil etildi.
ZIYO FORUM – talabalarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbus. Bunday tadbirlar nafaqat faol va maqsadli avlodni shakllantirishga xizmat qiladi, balki o‘quvchilarning o‘z salohiyatini kashf etishga va yetakchilik qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.