F.A.Q.

Tayyorlov kurslariga kimlar hujjat topshirishi mumkin?

10-11-sinf o‘quvchilari, shuningdek, litsey o‘quvchilari.

Kursning narxlari qancha?

O’quv to’lovlari o’zgarishi mumkin. Kurs narxlari haqida aniq ma’lumot uchun Uzluksiz taʼlim markaziga murojaat qiling.

Kurs to‘lovi qachon to‘lanadi?

Kurs to’lovi har trimestr boshida oldindan to’lanishi kerak.

Ro‘yxatdan o'tish tartibi qanday?

Arizalarni ro’yxatdan o’tkazish 1-avgustdan 20-avgustgacha. Kirish test sinovlari 22-23 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Sanalar o’zgarishi mumkin.

Farzandimni tayyorlov kurslariga qanday ro'yhatdan o'tkazishim mumkin?

Tayyorlov kurslariga roʻyxatdan oʻtish jarayoni haqida maʼlumot olish uchun inha.uz sahifasiga kiring.

Tayyorlov kurslarida qanday fanlardan dars beriladi?

3 ta fan: matematika, fizika, ingliz tili (IELTS ga tayyorgarlik)

Men faqat bitta fanni, masalan, fizika yoki matematikani o'rganishim mumkinmi?

Agar siz Toshkent shahridagi Inha universitetining «Kompyuter va dasturiy injiniring» fakultetiga kirishni xohlasangiz, u holda fizika va matematika talab qilinadi. Agar siz «Biznes va Logistika» fakultetiga kirmoqchi bo’lsangiz, matematika fani talab qilinadi. Tayyorlov kurslarida siz kamida 2 ta fanni o’qishingiz kerak.

Tayyorlov kurslari qaysi tilda olib boriladi?

Matematika va fizika fanlaridan tayyorgarlik kurslari oʻzbek yoki rus tilida olib boriladi. Ikkinchi trimestrdan boshlab oraliq nazorat va trimestr imtihon savollari ingliz tilida taqdim etiladi.

Haftada necha kun/soat darsga kelishim kerak?

Har bir fan haftada 3 marta o’qitiladi.

Matematika va fizika fanlari o’quv dasturida necha bosqich mavjud?

Matematika yoki fizika bo’yicha tayyorlov kurslari dasturi 4 darajani o’z ichiga oladi. 1 va 2 – ilg’or, 3 – o’rta, 4 – asosiy.
Matematika va fizika bo’yicha guruhlar darajasi
1-Advanced (60-80%)

2-Very good (40-60%)

3 –Satisfied (<40%) 4-Beginners (0-20%)

Ingliz tili darslarida nimani o'rganaman?

O’quvchilar General English ( umumiy ingliz tili)ni o’rganadilar va IELTS imtihonlariga tayyorlanadilar. Ingliz tili kurslari bir necha darajalarga bo’lingan: 1-daraja, IELTS 5.5 ball olish uchun mo’ljallangan; 2-daraja – 6,5 va 3-daraja – 7,5 ball olish uchun mo’ljallangan.

Ingliz tili guruhi darajalari
1-Intermediate

2- Pre-intermediate

3- Elementary

Talabalar o'z darajasini o'zgartira oladimi?

Talaba har bir trimestr bahosidan so’ng o’z darajasini ko’tarishi yoki pasaytirishi mumkin.

Oraliq imtihonlarini kim nazorat qiladi?

Oraliq imtihonlar markaz o‘qituvchilari tomonidan proktorlar ishtirokida o‘tkaziladi.

Trimestr imtihonlarini kim nazorat qiladi?

Trimestr imtihonlari Toshkent shahridagi Inha universitetining koreyalik hamkorlari tomonidan nazorat qilinadi.

Tayyorlov kurslarida grantlar tizimi bormi?

Yo’q. Muvaffaqiyatli talabalar, agar ular grant olishni xohlasalar,Toshkent shahridagi Inha universiteti yozma imtihonlarini qayta topshirishlari mumkin.

Plan a visit to Inha University in Tashkent

Contact us >

Apply to Inha University in Tashkent

Apply >