TIUda talabalar uchun «APS xalqaro transport kompaniyasida ish faoliyati» mavzusida ma’ruzachi tashrifi kutilmoqda.

 

Joriy yilning 14 noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida talabalar uchun «APS xalqaro transport kompaniyasida muvaffaqiyat sirlari»mavzusida ma’ruza o’tkaziladi. Ma’ruzachi sifatida Artur Yengalichev ishtirok etadi.

Artur Yengalichev-APS kompaniyasining Osiyo mamlakatlari bilan ishlash bo’limi boshlig’ining o’rinbosari.

APS Evropadan MDH davlatlariga, shuningdek, O’zbekistonga yuklarni tashish  bo’yicha xalqaro yirik kompaniya hisoblanadi. Xalqaro transport bozorida esa 20 yildan ortiq faoliyat olib bormoqda. APS 1 oyda 2 300 ta yukni tashiydi. Kompaniyaning ofislari 4 mamlakatda joylashgan: O’zbekiston( Toshkent), Belarus (Minsk), Germaniya (Frankfurt – Mayn), Rossiya (Moskva).

Ma’ruzachi kompaniya faoliyati, haroratli yuklarini tashish, Evropadan O’zbekistonga tovarlarni jo’natish uchun kerakli hujjatlar, hamda avtoparklarining plyus va minuslari haqida so’zlab beradi. Shuningdek, APS xalqaro transport kompaniyasida karyera boshlash to’g’risida foydali ma’lumotlar beradi.