Toshkent shahridagi Inha universitetiga grant asosida kirish imtihonlari boshlandi!

⭐️ Universitet tarixida birinchi bor bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha 100 ta davlat granti ajratildi!
📆Hujjatlarni qabul sanasi – 2022-yil 12-avgustdan – 19 avgustgacha, imtihon sanasi – 2022-yil 25-avgust.

Davlat granti imtihoniga kimlar topshirishi mumkin?
– Toshkent shahridagi Inha universitetiga 1, 2 yoki 3-kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan abituriyentlar;
– abituriyentlar o‘zi muvaffaqiyatli o‘qishga kirgan fakultetga hujjat topshirishi kerak;
– oldingi barcha imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan nomzodlar ishtirok etolmaydilar;
– avvalgi grant imtihonidan o‘tgan nomzodlar ushbu imtihonda qatnasha olmaydilar;
– davlat grantiga hujjat topshirayotgan abituriyentlar ingliz tilini bilish talablariga javob berishi kerak.

Eslatma: Shartnomaga koʻra, TShIUda 4 yil oʻqish uchun grant olgan talabalar, 5 yil davlat tashkilotlarida ishlab berishlari lozim.

Imtihon haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.