Toshkentdagi INHA universiteti va EPAM bepul onlayn trening mashg’ulotlarini yo’lga qo’yishdi

 

Toshkentdagi INHA universiteti va “EPAM” IT-kompaniyasi (Belarusiya Respublikasi) o’rtasidagi kelishuvlar natijasida talabalar uchun distansion ta’lim mashg’ulotlari, ya’ni masofadan turib o’qish imkoniyati tashkil etildi.

Toshkentdagi INHA universiteti bazasida talabalar uchun bepul onlayn mashg’ulotlar tashkil etildi va unda 300 ta talaba ro’yhatdan o’tdi.

Birinchi hafta kuzatish-saralash kursi bilan boshlandi. Ro’yhatdan o’tgan 200 dan ortiq talaba ishtirok etdi.
Saralash kursi vaqtida talabalar turli test topshiriqlarini bajarishdi, natijada 50 ta talaba keyingi mashg’ulot uchun saralanib olindi.

Mashg’ulotlar JavaScriptdan foydalanib veb-ilovalar yaratishda zamonaviy yondashuv, texnologiya va vositalardan foydalanishga bag’ishlangan va EPAM xalqaro kompaniyasining tajribali xodimlari tomonidan olib boriladi.

O’quv mashg’ulotlarni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalar EPAMdan ish taklifini hamda kompaniyaning Toshkentdagi jamoasiga qo’shilish imkoniyatiga ega bo’lishadi. Xususan, o’quv mashg’ulotlaridan o’tgan talabalar kelgusida murabbiy sifatida ishga jalb qilinadi.