TIUda Dream Job School ikki kunlik trening bo‘lib o‘tdi

4-5 fevral kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetida “Dream Job School” ikki kunlik trening bo‘lib o‘tdi.
 
Ma’ruzachi sifatida Hilola Suleymanova, Anna Yefimova, Diyora Parpiyeva so‘zga chiqdi.
 
Dream Job School DaVinci Managament Consalting kompaniyasining talabalarga karerani rejalashtirishni o‘rgatish maqsadida o‘tkaziladigan har yilgi ijtimoiy loyihadir. 
 
Ikki kunlik trening davomida ma’ruzachilar talabalarga rezyumeni to‘g‘ri tuzish, karerani rejalashtirish va ish izlash bo‘yicha maslahat va tavsiyalar berishdi.
 
Shuningdek, unda Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Djalalov ishtirok etdi. U trening ishtirokchilari bilan o‘z tajribasini almashdi, o‘z CV sini qanday  yozganligini aytib berdi. 
 
Ish beruvchilar bilan samarali muzokaralar olib borish, istak bildirilgan xatni yozish ahamiyati kabi dolzarb mavzular qayd qilindi.
 
IUT talabalariga yo‘q bo‘lib ketayotgan va dolzarb kelajak kasblari ro‘yxati berildi. Shuningdek ma’ruzachilar intervyudan o‘tish qoidalari, karerani boshqarish bo‘yicha strategiyani tanlash qanchalik muhimligi haqida so‘zlab berdi.