Tibbiy oliy ta’lim tizimida AKT: simulyatorlar va robototexnika

Toshkent shahridagi Inha universiteti 2019 yilning 21 fevral kuni Toshkent davlat stomatologiya institutida bo‘lib o‘tgan “Tibbiy oliy ta’lim tizimida AKT: simulyatorlar va robototexnika” birinchi xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi.
 
Xalqaro konferensiyaning maqsadi mahalliy yosh olimlar va ixtirochilarning ilmiy salohiyatini o‘rganish, shuningdek ularga xorijiy texnologiyalar va ishlanmalarni o‘rnini bosuvchi innovatsion loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashishdan iboratdir.
 
Oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlari va korxonalarning milliy va xalqaro OO‘Yu larni turli yo‘nalishlarga integratsiya qilish orqali xalqaro raqobat sohasidagi ta’sirini kuchaytirish, shuningdek davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish mavzusiga alohida e’tibor qaratildi.     
 
Taklif buyurgan mehmonlar, shu jumladan Toshkent shahridagi Inha universitetining yoshlar siyosati bo‘yicha prorektori Turdimurat Tursunmuratov  ma’ruzalar bilan so‘zga chiqdi. Shuningdek ta’lim tizimida AKT ning o‘rni, tibbiyot va texnika dolzarbligi: zamon talablari, stomatologik ta’limda 3D-simulyatorlar, O‘zbekistonda robotlarni hamda tibbiyotda robototexnikani ishlab chiqarish istiqbollari mavzular ko‘tarildi.
 
Konferensii doirasida Toshkent shahridagi Inha universitetining talabalari kelajakda aholining turmush sifatini yaxshilashga va butun mamlakat rivojiga hissa qo‘shadigan o‘z innovatsion loyihalarini namoyish qildi.