Bugun biz talabalarimiz haqida yangi rubrika ochamiz!

 #IT talabalari haqidagi stereotiplarni buzamiz!

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari serqirra shaxslardir!

Bizning bugungi qahramonimiz TshIUning SOCIE fakulteti  2-kurs talabasi Roman Toktamuratov. U bizning savollarimizga javob beradi.

1) Barcha IT-talabalari faqat kompyuter texnologiyalariga qiziqishlari rostmi?

Mening asosiy mashg’ulotim (dasturlash va chizmachilikni o’rganish) kompyuter bilan bog’liq, ammo universitetimizdagi musiqa va sport to’garaklari faoliyatida faol ishtirokchi sifatida shuni aytishim mumkinki, IT-mutaxassislarining qiziqish doirasiga nafaqat kompyuter va turli qurilmalar kiradi. Misol uchun, havaskor rassom sifatida, men boshqa rassomlarning ishlariga va turli elementlari chizishning har xil usullariga qiziqaman.  Men stol o’yinlarini (masalan, DnD), sport o’yinlarini (voleybol, basketbol), gitara chalishni  (afsuski, men buni yaxshi bilmayman) va video o’yinlarni o’ynashni yoqtiraman.

2) Boshqa sevimli mashg’ulotlarga vaqt ajrata olasizmi?

 Men kuniga o’rtacha 2-4 soat rasm chizaman, bu asta-sekin o’z ustimda ishlash uchun yetarli.  Ishlashga yoki qo’shimcha pul topishga vaqtim bormi degan savol sizni qiziqtirsa, men ha deb javob berishim mumkin. Buyurtma bo’yicha rasm chizish orqali men nafaqat sevimli mashg’ulotim bilan shug’ullanaman balki bu orqali pul ham ishlab topaman.

3) Xobbingiz haqida gapirib bering, o’zingiz qiziqqan yo’nalishda qanday rivojlanasiz? 

O’yinlar, anime, filmlar va multfilmlar meni rasm chizishga olib keldi. Men 17 yoshimdan qahramonlarning eskizlarini chizishni boshladim. Qog’oz chizmalardan so’ng men KG (kompyuter grafikasi)da  chizishga o’tdim. Fotoshopda rasm chizishga o’tgandan so’ng, men Youtubeda darslar va turli tanlovlarda qatnashish orqali KG rassomi sifatida o’z ustimda ishlay boshladim, bunda men uchun eng yaxshi va asosiy mukofot chizmalarimga qilingan tanqid va baholash edi (asosan xarakter tushunchasi).

 Hozir men asosan qahramonlar uchun konseptual dizayn bilan shug’ullanyapman, shuningdek, atrof-muhit va illyustratsiyalar uchun ham rejalarim bor.