Toshkent shahridagi Inha universiteti prorektori Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 oktabrdagi “Axborot  texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  4851-son qarorining yuzasidan, Toshkent shahridagi Inha universiteti 2020-2021 yillarda viloyatlar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.
 
Shu munosabat bilan, joriy yilni 22 yanvar kuni TIU prorektori T.Tursunmuratov  Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi. Toshkent shahridagi Inha universitetiga biriktirilgan 8-sonli maktabga borildi. Uchrashuv davomida T. Tursunmuratov maktab o‘qituvchilariga o‘quvchilarning axborot texnologiyalari va ingliz tili fanlariga qanday qiziqtirish mumkinligi haqida master-klass o‘tkazdi. Shuningdek, Jizzax shahrida yashovchi TIU talabalari maktab o‘quvchilari bilan muloqot davomida TIUning o‘quv jarayoni, talabalarning IT sohasidagi yutuqlari va universitetdagi hayoti haqida so‘zlab berishdi. Maktab uquvchilari, o‘z navbatida, “One Million Coders” a’zosi ekanliklarini e’lon qilishdi. Quyidagi masalalar muhokama qilindi: maktab uquvchilarining oliygohlarga kirish reytingini ko‘tarish, kasbiy yo‘naltirishda, o‘qituvchilarga qulaylik yaratish maqsadida o‘quv dasturlari bazasini shakllantirishda amaliy yordam ko‘rsatish ta’kidlandi.
 
Jizzaxdagi IT-Parkga ham tashrif buyurildi. IT-Park rahbari J. Partasarti O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga alohida e’tibor qaratilayotgani, shu bilan birga har bir hududda alohida IT park yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni alohida ta’kidlab o‘tdi. IT-Park rahbariyati Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan doimiy ravishda ishlashga tayyorligini, shuningdek, Jizzax viloyatida yashovchi universitet talabalari bilan ishlashga qiziqishini bildirdi.
 
Shunigdek, prorektor 65 nafar bola istiqomat qiluvchi Jizzax viloyatidagi TIU qoshidagi “Mening baxtli uyim” nomli bolalar uyiga tashrif buyurdi. Suhbat davomida Toshkent shahridagi Inha universiteti uzluksiz ta’lim markazi, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun onlayn darslar olib borishi xaqida aytildi. 23 yanvar kuni TIU prorektori T. Tursunmuratov Jizzax viloyati Yangiobod tumanidagi 3-maktabga ham bordi. U yerda bitiruvchilar va o‘qituvchilar bilan uchrashdi.