👏🏼 Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi dunyoga mashhur Amazon kompaniyasida o’z ish faoliyatini boshladi

Qudratillo Ismatov Toshkent shahridagi Inha universitetining 2018-yil bitiruvchisi.
Qudratillo, Toshkent shahridagi Inha universitetini tamomlagandan keyingi faoliyatingiz haqida gapirib bersangiz?
Men universitetda grand asosida tahsil olgan talabalardan biri edim. Inhani tamomlaganimdan so‘ng o‘qishim homiysi “O‘zbektelekom” AKning Axborot tizimlari filialida backend dasturchi bo’lib ish boshladim. U yerda men millionlab foydalanuvchilarni qamrab olgan MyUztelecom ilovasi va boshqa ichki xizmatlar uchun backend xizmatlarini yaratdim. Mening jamoam o’z ishining ustalaridan iborat edi va ushbu ortirgan tajribam Amazonga borishimga ko’p yordam berdi.
Siz hozir Germaniyada ekanligingizni bilamiz. Yangi mamlakat, yangi muhitga moslashish qiyin bo’lmadimi?
Oilam bilan Germaniyaga kelganimga bir oy ham bo’lmadi, lekin biz juda yaxshi joylashib oldik. Avvaliga havo sovuq, ko‘plab do‘konlar erta yopilishi va yakshanba kuni ishlamasligiga ko‘nikish qiyin bo’ldi.
Yaqinda sizga dunyoga mashhur kompaniyadan taklif tushganidan xabarimiz bor. Tanlov jarayoni va kasbingiz haqida gapirib bersangiz?
Hammasi Linkedin orqali  Amazonda ishlaydigan «recruiter» ishga taklif qilganidan boshlandi. Men rezyumeni Amazon ish portaliga topshirdim. So’ngra, bir necha kundan so’ng, men onlayn testdan o’tdim, virtual intervyu, jamoani tanlash ham bor edi. Bu bosqichlarning barchasi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Millionlab foydalanuvchilarga ega ko’plab kompaniyalar Amazon Web Service xizmatlaridan foydalanishadi. Amazon Web Services ishchilari mijozlarga uzluksiz bulutli xizmatlarni taqdim qilish uchun qattiq mehnat qiladi va buning atrofida ko’plab innovatsiyon loyihalarni amalga oshiradi.
Toshkent shahridagi Inha universitetini muvaffaqiyatli bitirganlardan biri sifatida hozirgi talabalarga qanday tilaklar va maslahatlar bera olasiz?
Inha talabalar uchun ajoyib sharoitlar yaratib beradi. Boshqa talabalar bilan birlashing va amaliy tajribaga ega bo’ling. Yetakchi kompaniyalarda amaliyot o’tash uchun hozirdan harakat qiling. Siz albatta muvaffaqiyatga erishasiz!
Как один из успешных выпускников Университета Инха в Ташкенте, какие пожелания и советы Вы можете дать нынешним студентам?
Инха обеспечивает отличные условия для студентов. Объединяйтесь с другими студентами и получайте практический опыт. Попробуйте уже сейчас пройти стажировку в ведущих компаниях. У вас все получится!