«GAP» Women IT Union

2022-yil 19-iyul kuni Toshkent shahridagi Inha Universitetida ayollarni axborot texnologiyalari sohasiga jalb etishga qaratilgan «GAP» Women IT Union loyihasini ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Klubning asosiy maqsadi – ayollarni qo‘llab-quvvatlash, IT sohasida o‘qitish va ishga joylashish imkoniyatini taʼminlashdan iborat. Shunday qilib, klubni tashkil etish tashabbuskorlari qizlar va ayollar IT yoʻnalishida oʻz kuchlarini sinab koʻrishdan qoʻrqmasliklari va har qanday ayol bu sohada oʻz salohiyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishi mumkinligini isbotlashni istaydilar.
Ochilish marosimida AKT Vaziri maslahatchisi Kamola Sabirova, AKT xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Umida Musayeva, “Finextra” IT-kompaniyasi Direktori Nargis Dusmatova, “Khan Academy Uzbek” loyihasining hammuassisi Nigora Arifjanova va “Websale Distribution” IT-kompaniyasi art-menejeri Dilorom Xudoyarova, IT Park vakillari, kompaniya rahbarlari, loyiha menejerlari, faol yoshlar va boshqalar ishtirok etdilar.