IT talabalari haqidagi stereotiplarni buzamiz!

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari serqirra shaxslardir!
Bizning bugungi qahramonimiz SOCIE fakulteti 1-kurs talabasi Javad Rizo bo’lib, uni universitetdagi turli tadbirlarda tez-tez ko’rgan bo’lsangiz kerak🤩. U bizning savollarimizga javob beradi.
1) Barcha IT-talablari faqat kompyuter texnologiyalariga qiziqishlari rostmi?
Yo’q, unday emas. Kompyuterlar, albatta, IT-mutaxassisi hayotining ajralmas qurilmasi, ammo bundan tashqari, har bir inson individualdir va boshqa sevimli mashg’ulotlariga ega.
2) Boshqa sevimli mashg’ulotlaringizga vaqt topa olasizmi?
Umuman olganda, TshIU uchun musiqa klubi nomidan turli tadbirlarda chiqish qilaman. Men gitara chalaman. Universitetda ijtimoiy hayot rivojlanayotganidan xursandman va bu madaniy hordiq uchun muhimdir.
3) Bizga sevimli mashg’ulotingiz haqida gapirib bering
IT yo’nalishidan tashqari men vaqtimni musiqa, she’riyat va sportga bag’ishlayman. Men ko’p jihatdan rivojlanishga harakat qilaman, lekin asosan mening barcha sevimli mashg’ulotlarim u yoki bu tarzda ijodkorlik bilan bog’liq:  gitara chalaman, she’r yozaman va futbol o’ynayman.