O‘zbekistonda “Data science”ni rivojlantirish istiqbollari mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar

26-fevral kuni Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Mirzo Ulug‘bek” jamg‘armasi binosida O‘zbekistonda «Data Science»ni rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov, raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalovlar ma’ruza qildilar.
Shuningdek, Xalqaro Vestminster universitetining biznes tahlili magistratura kursi rahbari Jumanov A., Skillbox (Rossiya), Netcom (Turkiya), Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari: mGowaward 2023 tanlovi g‘oliblari, Prezident Tech Award 2023 sovrindorlari, Open data challenge 2023 g’oliblari, Toshkent shahridagi Inha universiteti ML hamjamiyati vakillari, Cyber     Club va UZUM Market vakillari tomonidan taqdimotlar tinglandi.
Seminar “Data Science” kursida tahsil olayotgan talaba yoshlar bilan potensial ish beruvchilar o‘rtasida uchrashuv, IT va mutaxassislik fanlarini integratsiyasi asosida mehnat bozori talab va ehtiyojlarini o‘rganish maqsadida tashkil etiladi.