Siz Toshkent shahridagi Inha universitetida «SPG» harakati tashkil topganini bilarmidingiz?

«SPG» ya’ni «Student promotion group» talabalar tomonidan tashkil etilgan harakat bo’lib, asosiy maqsad butun Respublika bo’ylab maktab, kollej, o’quv markazlarida yoshlar uchun hozirgi kunda Axborot texnologiyalari hamda Logistik sohalarining dolzarbligi haqida batafsil ma’lumot berish hamda ularni shu sohalarga bo’lgan qiziqishlarini orttirish hisoblanadi. Shu o’rinda talabalarimiz Toshkent shahridagi Inha universitetiga kirish va Universitetda yaratilgan imkoniyatlar haqida ham batafsil ma’lumot berib o’tishmoqda.
Tinib tinchimagan talabalarimiz Respublikaning turli hududlarida, xususan:
Farg’ona viloyati, Furqat tumanida 3-bosqich talabamiz Jasurbek Sharafiddinov tumanda joylashgan 34-IDUM, 2-sonli, 18-sonli, 22-sonli hamda 9-sonli o’rta maktablarga tashrifi davomida 100 dan o’rtiq o’quvchi yoshlar bilan uchrashdi.
Andijonlik talabalarimiz Bekzodbek Olimbekov hamda Alisher Tojidinovlar esa Andijon Viloyati Paxtaobod tumani 21-IDUM hamda Qo’rg’ontepa tumani 41-IDUMlarga tashrif buyurishdi.
Shu o’rinda Toshkent viloyatlari ham talabalarimiz tomonidan chetlab o’tilmadi. Olmaliq shahrida joylashgan 5-son hamda 16-son umumiy o’rta maktablarga talabamiz Humoyiddin Bahodirov tashriflarni amalga oshirdi.