Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi Yevropadagi eng yirik qizlar va ayollarning “Perspektywy Women in Tech Summit 2023” xalqaro anjumanida O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan jamoani to‘pladi.

 

14-15 iyun kunlari Varshavada oʻz taʼlim va kasbiy hayotini yuqori texnologiyalar bilan bogʻlagan qizlar va ayollar uchun Yevropaning eng yirik xalqaro anjumani “Perspektywy Women in Tech Summit 2023” boʻlib oʻtdi. Bu yil anjuman 88 mamlakatdan 11 mingga yaqin ishtirokchini jamladi. Ular orasida muhandislar, dasturchilar, tadbirkorlar, menejerlar, yozuvchilar, jamoat arboblari va shuningdek, zamonaviy texnologiyalar, axborot sohasida o‘z kasbiy faoliyatini endigina boshlayotgan talabalar va yosh mutaxassislar bor edi. Konferensiyada 500 nafar ma’ruzachi ma’ruza o’qidi.

“Mening ismim Nodira Ibrogimova, 2018 yilda Toshkent shahridagi Inha universitetini tamomlaganman, men “Perspektywy Women in Tech” dasturi va «Google Women Techmakers» elchisi hamda Mboalab kompaniyasining texnik maslahatchisiman. Hozirda men Healthcare & Machine Learning bo‘yicha mustaqil dastur muhandisi bo’yicha ish faoliyatimni olib bormoqdaman.
2018 yilda texnologiya sohasida o’z ish faoliyatimni boshlaganimda, Polshaning Varshava shahrida bo’lib o’tgan ayollar uchun eng katta sammit haqida xabar topdim. Afsuski, dastlab O‘zbekiston ishtirokchi davlatlar ro‘yxatiga kiritilmagan edi. Biroq, elektron pochta orqali bog’langanimdan so’ng, tashkilot rahbari meni ishtirok etishga taklif qildi. Shunday qilib, 2019-yildan buyon «Perspektywy» har yili O‘zbekistonlik 15 nafar qizga stipendiya ajratib kelmoqda.
Bu yil men va Zulfiya Muitenbayeva (New Uzbekistan University), Azizabona Isroilov (EPAM System Inc), Madinabona Alisherova(EPAM System Inc), Hilola Ergasheva (Inha University in Tashkent), Gulbahor Mirzaliyevalardan (Hayot Bank) iborat 7 kishilik jamoa tuzdim. Barcha qizlar ushbu yuqori darajadagi sammitda ishtirok etish uchun juda katta qiziqish va istaklarini bildirdilar.

Sammit qizlar uchun karera imkoniyatlari nuqtai nazaridan barcha umidlarni oqladi. Qizlar jamoasi yetakchisi sifatida mening maqsadim ularga yirik texnologiya kompaniyalarida imkoniyatlar topish, dunyoqarashini kengaytirishga yordam berish edi. Sammit yangi dunyo yetakchilari va hamfikr ayollarni bir joyga jamlaydi. Bu ishtirokchilarga ayollar nafaqat IT sohasida muvaffaqiyat qozonishlari mumkinligi, balki IT ayollar uchun eng mos sohalardan biri ekanligini anglashga yordam beradi.

Toshkent shahridagi Inha universitetidagi o‘quv yillarim eng yaxshi professorlar tomonidan o‘qitiladigan jahon darajasidagi bilimlar bilan IT sohasiga kirishim uchun muhim bosqich bo‘ldi. Ajoyib qo’llab-quvvatlash muhiti va bir vaqtning o’zida og’ir jadval meni muntazam ravishda o’z ustimda ishlashga o’rgatdi. Bu esa soha mutaxassislari, hamfikrlari va yangi yetakchilar bilan tanishish davri edi.

Qizlar jamoasining ishtiroki uchun grantlar ajratuvchi Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magisiz bunay tajribani amalga oshirish mumkin bo‘lmas edi. Bu rag‘bat yosh avlodni O‘zbekistonda IT sohasi rivojlanishini qanchalik qo’llab-quvatlanayotganligini his qilish imkonini beradi «.

Bitiruvchimiz Nodira Ibrogimova tomonidan suratga olingan O‘zbekistondan tashrif buyurgan jamoaning sayohati haqidagi video vlogni tomosha qiling▫️

//youtu.be/Fjghbl5K0Mg