Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov “Yangi O‘zbekistonda axborot texnologiyalari mutaxassislarini sifatli tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlari” dolzarb mavzudagi monografiyasini taqdim etdi

 

Muzaffar Djalalov o‘z monografiyasida Toshkent shahridagi birinchi Koreyaning Inha universiteti misolida axborot texnologiyalari sohasidagi ta’limning bugungi holatini chuqur tahlil qilib, ko‘p yillik tajriba misolida mamlakatimizda mutaxassislarni sifatli tayyorlashni ta’minlashning asosiy strategik yo‘nalishlarini ilgari suradi.

Monografiya akademik hamjamiyat uchun ham, O‘zbekistonda ta’limni yaxshilash va axborot texnologiyalarini rivojlantirishga intilayotgan barcha manfaatdor tomonlar uchun qimmatli manbadir.