11–12–aprel kunlari talabalar va yosh mutaxassislar uchun Uzum xakatoni bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar real loyihalar ustida ishlashdi va e-commerce, digital-reklama hamda HR tech yo‘nalishlarida o‘z yechimlarini taklif etishdi.
Tanlovda 3 ta yo‘nalish mavjud bo‘lib, ulardan 2tasida Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalaridan tashkil topgan jamoalar g‘olib bo‘ldi!
1-o‘rinni PrismX jamoasi egalladi — Saidaxmedova Amina, Ryazanova Aleksandrina, Sedelkov Andrey, Shayxutdinov Amir va Rafiyev Alisher — 30,000,000 so‘m miqdoridagi pul mukofotiga ega bo‘lishdi!
Ishtirokchilar ML-modellari yordamida trendlarning boshqa davlatlardan O‘zbekistonga qachon va qanday ehtimollik bilan kirib kelishini oldindan aniqlovchi tizim ishlab chiqishdi. Ushbu tizim marketplace sotuvchilariga talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha tavsiyalar beradi.
2-o‘rinni Anora jamoasi egalladi — Mirakmal Mirzaxidov, E’zoza G‘ulomjonova, Xojiakbar Hakimov, Sanjar Abdufattohov, Fatina Eshonkulova — 20,000,000 so‘m miqdoridagi pul mukofotiga ega bo‘lishdi!
Talabalar digital-reklamani boshqaruvchi va uni joylashtirishni avtomatlashtiruvchi platforma ishlab chiqishdi. Unda auditoriya va reklama maydonlarini tanlash imkoniyati mavjud.
Ushbu yutuq talabalarimiz va bitiruvchilarimizning qat’iyati, mehnatsevarligi va istiqbolli fikrlashidan dalolat beradi.
G‘oliblarni tabriklaymiz va ular bilan faxrlanamiz!
