Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari va bitiruvchilari Markaziy Osiyoning Tumaris.Hack ikkinchi hakatonida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar.

Xakaton 4–6-noyabr kunlari boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilar uch kun davomida mentorlar ko‘magida muammolarni hal qilish ustida ishladilar va keyinchalik hakamlar hay’atiga taqdimot qilish uchun ilovalar prototiplarini yaratdilar.

Hakamlar hayʼatining baholash natijalariga koʻra, xakaton gʻoliblari aniqlandi:

🥇Toshkent shahridagi Inha universitetining 2021-yilgi bitiruvchilaridan tashkil topgan Madagascar jamoasi “MoveIt” (sun’iy idrokga asoslangan harakatlarni takrorlashda harakatchanlikni rivojlantirish uchun ijtimoiy tarmoq) loyihasi bilan 1-o’rinni qo’lga kiritdilar.
Jamoa tarkibida Malika Rustamova, Stefaniya Bakunts va Enver Menadjiyevlar qatnashdilar.

🥈- o’rin – Qozog‘istonning Game Changers jamoasining sun’iy idrok asosida yuz ifodalari orqali inson hissiyotlarini o‘qish uchun yaratilgan ilovasi uchun;

🥉- o’rinni esa O‘zbekistonning Totally Stem jamoasi ishonchli uy-joy ijarasi uchun platformasi loyihasi bilan egalladi.
Jamoa tarkibida Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Yasmina Ablayeva, Maftuna Ziyamova, Sabina Babaqulovalar qatnashdilar.

Xakaton g‘oliblariga Beeline, TBC Bank va Huawei kompaniyalari tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Bundan tashqari, xakaton g‘oliblari Tumaris.Tech akseleratsiya dasturi bo‘yicha xakaton doirasida yaratilgan loyihalarni raqobatsiz asosda rivojlantirishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.