Toshkent shahridagi Inha universitetida BMTTDning “STEAM sohasida qizlar va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish” tadbiri bo‘lib o‘tdi

29-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida BMTTD tomonidan tashkil etilgan qizlar uchun STEM sohasida qizlar va ayollar uchun kasblar bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Konsuelo Vidal Bryus BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori vazifasini bajaruvchi, Ram Iyer, BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili vazifasini bajaruvchi, Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova va Toshkent shahridagi INHA universiteti rektori Muzaffar Djalalovlar kirish so‘zi bilan chiqish qildilar.
BMTTD O‘zbekistonda STEAM sohasida qizlar va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha asosiy yo’llarni ochib beradi. Tadbirda BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi laboratoriyasi gender tengligi loyihasi doirasida tayyorlangan tadqiqot natijalarini taqdim etdi. Toshkent shahri, Farg‘ona, Andijon va Surxondaryo viloyatlarida o‘tkazilgan tadqiqotlardan maqsad qizlar va ayollarning STEM ta’lim va kasb-hunarlarini tanlashiga ijobiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlashdan iborat.
Tadbirda qizlar va ayollar uchun STEM ta’limiga sarmoya kiritilishi va kasbiy faoliyatiga chaqirildi.