Toshkent shahridagi Inha universitetida Hakaton o‘tkazilmoqda

2021-yilning 24-dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT-park, BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan hamda TshIU, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti, shuningdek, KASH APP bilan birgalikda tashkil etilgan “Voice Ai Challenge Uzbekistan” uch kunlik hakatoni start oldi.
Ushbu hakaton o‘zbek tilida so‘zlashuvchi foydalanuvchilar uchun botlar, ilovalar va boshqa raqamli yechimlarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Yechimlar Uzbekvoice.ai loyihasi doirasida toʻplangan oʻzbek tilining ovozli maʼlumotlari asosida yaratiladi.
Ishtirokchilar o’z loyihalari ustida ishlab, IT-mutaxassislardan yordam va maslahatlar oladilar.
Tadbir 26-dekabrgacha davom etadi va eng yaxshi ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar – noutbuklar, planshetlar va smartfonlar bilan taqdirlanadilar.