Toshkent shahridagi Inha universitetida “Jamiyatda ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalarning barqaror rivojlanishida xotin-qizlarning roli” mavzusidagi xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.

13-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Jamiyatda ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalarning barqaror rivojlanishida xotin-qizlarning roli” forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur xalqaro forum Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda boshqa mahalliy va xorijiy hamkorlar tomonidan tashkil etildi.
Forumda mamlakatimiz xotin-qizlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijalari muhokama qilinib, ma’ruzalar, loyiha va tadqiqotlar taqdimoti, ijodiy va ilmiy salohiyatni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.  10 xil yo’nalish bo’yicha 200 dan ortiq ilmiy ma’ruzalar qabul qilindi. Anjuman qizlar va ayollarni oliy ta’lim olish va zamonaviy kasb-hunar egallashga undash maqsadida tashkil etildi.
Qayd etish joizki, mazkur forum BMT tashabbusi bilan 2016-yildan buyon har yili 11-fevralda nishonlanib kelinayotgan «Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni»ga bag‘ishlangan.